08:47 / 10.07.2016
10527

Dengiz tubida bir yilga yaqin yotgan GoPro kamerasi egasi qidirilmoqda

Angliyaning Pul shahrida yashovchi Frensis Derekot o‘z oilasi bilan baliq ovlashga borganda qarmog‘iga baliq o‘rniga GoPro kamerasini tutib olishga muvaffaq bo‘ldi. Sho‘r suv tufayli kamera yaroqsiz holga kelgan, biroq uning xotira kartasiga shikast yetmagan. Frensis kamera egasini topish maqsadida YouTube-kanalida ushbu kamera yozib olgan oxirgi lavhalarni joylashtirdi.
Videoga berib borilgan izohlarda kamera suv tubiga tushib ketgach yana yarim soatcha ishlashda davom etgani aytilgan.
Mashable portalining ma'lum qilishicha, videoga qoldirilgan izohlarda Reychel Simkin ismli bir qiz bu kamera kimga tegishli ekanini bilishini ma'lum qilgan. Qizning aytishicha, videodagi gidrokostyumdagi qiz uning o‘zi ekan.

Top