18:22 / 10.07.2016
5992

Kashmirdagi to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafar, 200ga yaqin kishi jarohatlandi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida ro‘y berayotgan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi va 200ga yaqin kishi jarohatlandi. Hukumat kuchlari "Hizb-ul-Mujohidin" guruhi a'zolari bilan to‘qnashgan. Bu haqda NDTV telekanalida ma'lum qilingan.

Bundan oldingi xabarlarda 8 kishining o‘limi va 100ga yaqin kishining jarohatlangani haqida aytilgandi.

Radikal guruh faoli, 21 yoshli Burhon Muzaffar Vani va yana 2 ayirmachi xavfsizlik kuchlari tomonidan chorshanba kuni o‘ldirilganidan keyin namoyishlar boshlangan. Payshanba kuni Kashmir vodiysidagi bir qator hududlarda namoyishlar to‘lqini yuzaga keldi.

Ayirmachilar politsiya mahkamalariga bostirib kirishgan, etnik kamchilikni tashkil qiluvchi aholi vakilariga hujum qilishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi namoyishchilar. Shuningdek, 100dan ortiq politsiyachi jarohatlangan.

Greater Kashmir nashri ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlarning 70 nafari o‘tochar quroldan jabrlangan.

Shrinagar hamda Jammu va Kashmir shtatining janubiy hududlarida komendantlik soati joriy etilgan.

Jammu va Kashmir shtati aholisining asosiy qismi musulmonlar hisoblanishadi. Bu hududdagi aholining asosiy qismi Pokistonga qo‘shilish tarafdori hisoblanishadi.

Top