21:32 / 10.07.2016
4716

Marrey Raonichni yengib, ikki karra Uimbldon g‘olibiga aylandi

Britaniyalik tennichi Endi Marrey (2) o‘z faoliyatidagi ikkinchi Uimbldon turniri g‘olibligiga erishdi. U turnir finalida kanadalik Milosh Raonichga (6) qarshi kortga chiqib 3 set davom etgan o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘ldi – 6:4, 7:6 (7:3), 7:6 (7:2).

Bahs 2 soatu 47 daqiqa davom etdi. Marrey 7 eys amalga oshirdi, 2 qo‘shxato va 12ta zarurati bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ydi. Shuningdek, unda 39 vinners va 7ta breyk-poyntdan 1ta amalga oshirilgan breyk-poynt. 

Raonichda 8 eys, 1 qo‘shxato va 29ta zarurati bo‘lmagan xato.

Bu Marrey uchun mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 38-titul. Bu titullar orasida – «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlar g‘olibligidan 3ta bor. Bundan avval u US Open-2012 va Uimbldon-2013 turnirlarida g‘olib chiqqandi.

London (Buyuk Britaniya)
«Katta dubulg‘a» turkumi doirasida, Wimbledon turniri
Sovrin jamg‘armasi - 28 100 000 funt
Ochiq korilar, maysali
Erkaklar. Yakkalik bahs
Final
Match
Raonich M. (Kanada) - Marrey E. (Buyuk Britaniya) - 4:6, 6:7, 6:7

Manba: Tribuna.uz

Top