14:49 / 10.07.2016
9666

Mourino «MYu» futbolchilarining raqamlarini o‘zgartirmoqchi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa futobolchilari 30 dan katta bo‘lgan raqamlardagi kiyimlarda o‘ynashlarini xohlamayapti.

Portugaliyalik murabbiy Markus Reshford (39), Djyessi Lingard (35) va Matteo Darmian (36) kabi futbolchilar bilan gaplashib, ular boshqa raqam tanlashlarini taklif qiladi. Bu borada faqat Bastin Shvaynshtayger istisno bo‘lishi mumkin. Chunki u «Bavariya»dagi yulduzli davrlarini aynan 31-raqamli formalarda o‘tkazgan.

Manba: Tribuna.uz

Top