20:04 / 10.07.2016
6970

Payks Pik tog‘ida o‘rnatilgan rekord zayezdning mashina ichidan olingan to‘liq videosi paydo bo‘ldi

GT Channel’ning YouTube-kanalida poygachi Ris Millenning Payks Pik tog‘iga ko‘tarilish bo‘yicha poygadagi zayezdining mashina ichidan olingan to‘liq videosi paydo bo‘ldi. Bu zayezdda poygachi trassani 8 daqiqa 57,118 soniyada o‘tib, elektromobillar sinfi uchun rekord o‘rnatdi. Umumiy klassifikatsiyada poygachi 2-o‘rinni egalladi. Poyga iyun oxirida yakunlangan, biroq video endigina chop etildi.

Amerikalik poygachi, avvalgi Payks Pik g‘olibi Ris Millen eO PP100 sportprototipida ishtirok etdi. Avtomobil yettita elektromotorli, 1600 ot kuchiga ega kuch qurilmasi bilan jihozlangan. 2015 yilda poygachi bu mashinaning 6 dvigatelli biroz kuchsizroq, soatiga 260 km tezlikka erisha oladigan versiyasida ishtirok etgandi.

Umumiy klassifikatsiyada joriy Payks Pik poygasida Roman Dyuma g‘olib bo‘ldi. U 20 km lik trassani 8 daqiqa 51,445 soniyada bosib o‘tdi.

AQShda tog‘ga chiqish bo‘yicha musobaqa 100 yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Poyganing yo‘nalishi 156 burilishdan iborat. Poyga trassasi dengiz sathidan 2860 m balandlikda boshlanib, 4300 metr balandlikda yakunlanadi.

Top