18:56 / 10.07.2016
17507

Putin dam olish kunini Valaam orolida o‘tkazmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yakshanba kunini Valaam orolida o‘tkazmoqda, deb ma'lum qildi Kareliya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda FlashNord.

Ta'kidlanishicha, u yerda Putinning Moskva va butun Rus patriarxi Kirill bilan uchrashuvi belgilangan. 

"Davlat rahbari Valaamga keldi, u bu yerda monastirga tashrif buyurdi va patriarx Kirill bilan uchrashadi. Patriarx ham orolga yetib keldi", deb ma'lum qildi manba.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Putin orolda 11 iyul kuni ham bo‘ladi.

Biroq nashr bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘iga ega emas.

Top