19:45 / 11.07.2016
4639

AQSh Iroqdagi harbiylari soni oshirilishini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Pentagon rahbari Eshton Karter Iroqqa IShIDga qarshi kurash doirasida yana 560 nafar amerikalik harbiy yuborilishi haqida ma'lum qildi.

Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, harbiylar Al-Kiyar aviabazasiga joylashtiriladi. Shu tariqa, Iroqdagi amerikalik harbiy xizmatchilar soni 4650 nafarga yetadi.

Aprel oyida Iroqqa 200 nafar amerikalik harbiy jo‘natilishi haqida ma'lum qilingandi.

Top