23:23 / 11.07.2016
14378

“Barselona” jamoasi xodimlari Messini qo‘llab-quvvatlashliklarini antiqa tarzda ifoda etishdi

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi xodimlari klub prezidenti Jozep Bartomeu boshchiligida jamoa hujumchisi Lionel Messini ajoyib tarzda qo‘llab quvvatlashdi. Ular birgalikda “Kamp Nou”da suratga tushib, Messi o‘n yildan beri ular bilan birga ekanliklarini ramziy ifodalashdi.
Avvalroq Jozep Bartomeu  o‘z tvitterida "Leo, senga tajovuz qilayotganlar, “Barselona” va uning tarixiga tajovuz qilmoqda. Biz seni oxirigacha himoya qilamiz! Biz doimo sen bilanmiz", deb yozgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va uning otasi Xorxe Messi soliqlarni to‘lashdagi firibgarliklar uchun 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Messi 4 mln yevrodan ko‘proq soliqni to‘lashni kechiktirgan.
Biroq Messi ham, uning otasi ham bu ular bilan sodir bo‘layotgan birinchi shunday hodisa va jazo muddati 2 yildan kamroq bo‘lgani uchun jazoni o‘tamaydilar.
Messi hukm ustidan shikoyat qilishini aytgan.

Manba: Tribuna.Uz

Top