18:20 / 11.07.2016
7080

FIFA reytingi: O‘zbekiston avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qoldi

FIFA terma jamoalarning iyun oyi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallab turgan o‘rnini saqlab qoldi va ayni damda reytingning 66-pog‘nasida qayd etilgan.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda 544 ochkoga ega.

Osiyo qit'asi jamoalari orasida esa, O‘zbekiston 6-o‘rinda qayd etilgan. Qit'a reytingini hamon Eron milliy terma jamoasi boshqarib bormoqda. Eron milliy terma jamoasi ayni damda jahon reytingida 39-o‘rinni egallab turibdi (688 ochko). Osiyo reytingida Erondan keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (50-o‘rin, 603 ochko), Yaponiya (53-o‘rin, 581 ochko), Avstraliya (59-o‘rin, 563 ochko) hamda Saudiya Arabistoni (65-o‘rin, 545 ochko) terma jamoalari egallab turishibdi.

Jahon reytingini esa Argentina terma jamoasi boshqarib turibdi (1503 ochko). Ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarda esa Belgiya (1384 ochko) hamda Kolumbiya (1328 ocho) terma jamoalari qayd etilgan.

Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Top