11:47 / 11.07.2016
6128

Xitoyning yo‘lovchi avialayneri kuchli do‘l ostida qoldi

China Southern Airlines aviakompaniyasiga qarashli avialayner XXRga parvozi davomida kuchli do‘l ostida qoldi, buning natijasida samolyotning old qismiga jiddiy ziyon yetdi. Bu haqida Xitoyning CCTV Markaziy televideniyesi o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi. 

Mazkur hodisa 9 iyul kuni kechqurun CZ3483 reysi Guanchjoudan Chenduga parvoz qilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Shunga qaramay samolyot Chenduda muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari orasida jabrlanganlar yo‘q. 

Telekanal namoyish qilgan fotosuratlarda do‘l avialaynerning old qismiga jiddiy zarar yetkazganini ko‘rish mumkin. 


 

Top