11:10 / 11.07.2016
11296

Ilon Mask Tesla kompaniyasining yangi loyihasi haqida ma'lum qildi

Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi shu haftada yangi loyihani taqdim etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida ma'lum qildi. 

"Tesla maxfiy bosh rejasining ikkinchi qismi ustida ish olib borilmoqda. U haqida biroz kechroq, shu haftada ma'lumot berilishiga umid qilamiz", - deyiladi xabarda. AQShda haftaning birinchi kuni yakshanba hisoblanadi. 

Mask 2006 yilning avgust oyida ham xuddi shunday ma'lumot bergan. O‘shanda u blokda "Tesla Motors'ning maxfiy bosh rejasi (faqat oramizda qolsin)" sarlavhasi ostida maqola chiqargan, unda Mask keyinchalik Model S va Model 3 nomlarini olgan elektromobillar ishlab chiqarish niyati borligi to‘g‘risida xabar qilgandi. Bu galgi yangilik qanday bo‘lishiga oydinlik kirtilmagan. 

 

Mavzuga oid
Top