21:39 / 11.07.2016
7454

Kinoryojissyor Kventin Tarantino o‘zining sevimli qahramonini aytdi

Amerikalik kinoryojissyor Kventin Tarantino o‘zining sevimli qahramoni nomini aytdi. Collider’ning ma'lum qilishicha, bu qahramon "Sharmisor pastkashlar" ("Besslavnyye ublyudki") filmidagi Gans Landa hisoblanadi. Rejissyor bunday fikrni Quddusdagi xalqaro kinofestivalda aytdi.

"Landa – men qachondir o‘ylab topgan eng yaxshi qahramondir va ehtimol,  qachondir o‘ylab topadigan eng yaxshisidir", deb aytdi Tarantino.

Uning aytishicha, u bu qahramonni o‘ylab topayotganda u "lingvistik daho" ekanini tasavvur qilmagan. "Ehtimol, u mukammal idishda (germaniyalik yahudiylarning maishiy va adabiy tili – tahr.) gapira oladigan tarixdagi bir necha natsistdan biridir", deb qo‘shimcha qildi rejissyor.

Filmda Landa rolini aktyor Kristof Valts ijro etgan. Bu rol unga "Oskar" mukofotini keltirgan.

Bundan tashqari, Tarantino 10-filmidan keyin "pensiyaga ketmoqchi ekanligi" haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Agar Tarantino aytganini qilsa, unda unga pensiyaga ketishiga yana 2 ta film suratga olish qoldi.

"Men 10 ta filmda to‘xtalmoqchiman, biroq 75 yoshimda menda suratga olish uchun yana bitta hikoya borligiga qaror qilishim mumkin", deb aytdi rejissyor.

2015 yil dekabrda Tarantino Gollivudning Yulduzlar xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lgandi.

Top