17:11 / 11.07.2016
12744

Olmani nima uchun po‘stlog‘i bilan yegan ma'qul?

Google image

Olma po‘stlog‘i bilan iste'mol qilingandagina foydali bo‘lib, aynan unda mushaklar massasini saqlab qolishga turtki bo‘luvchi foydali moddalar mavjud ekan. Bu haqida Segodnya.ua nashri ma'lum qilgan.

Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, olma po‘stlog‘ida ursul kislotasi bo‘lib, u qondagi xolesterin va qand moddasini me'yoriga keltiradi. Gormonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi professor Adams ana shunday xulosaga keldi. 

Shifokor 1300dan ortiq moddalarni sinovdan o‘tkazib, aynan ursul kislotasi mushak massasini saqlab qolishga yordam berishini aniqladi. 

Adams bu borada kemiruvchilar ustida tajriba o‘tkazdi. Tajriba davomida kemiruvchilar olma po‘sti bilan boqildi. Buning natijasida ularning qonidagi xolesterin va qand moddasi boshqa sichqonlarnikiga qaraganda kam ekanligi aniqlandi.

Teglar: shifokorlar, olma, po‘stloq, tajriba, mushak massasi

Top