10:18 / 11.07.2016
7913

Ronaldu jarohati tufayli Yevropa Superkubogi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finalining 1-bo‘limida raqib o‘yinchi Dimitri Payyet bilan to‘qnashuvda olgan jarohati tashxisi ma'lum bo‘ldi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Ronaldu chap tizzasining yon tugunlari cho‘zilgan, tiklanish uchun bir oydan ko‘proq vaqt talab etiladi. 

Shu tariqa "Real"ning 31 yoshli futbolchisi 9 avgustda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Superkubogi uchun "Sevilya"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ehtimoli katta.

Top