20:07 / 11.07.2016
11394

Shimoliy Koreya AQSh bilan yagona aloqa kanalini yopib qo‘ydi

Foto: AP

Shimoliy Koreya Vashingtonning mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga nisbatan kiritgan sanksiyalariga javoban AQSh bilan yagona aloqa kanalini yopib qo‘ydi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.  

Vashington Kim Chen In zimmasiga Shimoliy Koreyada inson huquqlarini buzish bo‘yicha javobgarlikni yukladi. Sanktsiyalar mamlakat rahbariyatining boshqa bir qator vakillari va o‘rta bo‘g‘indagi mansabdor shaxslar hamda davlat institutlari va tashkilotlarga amal qiladi.

Avvalroq Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Pxenyanda sanksiyalar kiritilishi urush e'lon qilinishi deb hisoblanishi va bu qarorning zudlik bilan bekor qilinishi talab qilinishi ta'kidlab o‘tilgandi. Agar Vashington sanksiyalarni bekor qilmasa, "Shimoliy Koreya AQShga nisbatan masalalarni harbiy davr qonunlari bo‘yicha hal qilishni boshlaydi", deb aytildi vazirlikda.

Bu orada Vashington o‘z qarorini o‘zgartirmasligini bildirdi.

Amaliyotda AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar avvalambor uning ta'siriga uchragan shaxs va tashkilotlar "AQSh moliya tizimidan uzilishini" anglatadi. Bundan tashqari, qora ro‘yxatga tushganlarning aktivlari AQSh moliya tizimida aniqlansa, muzlatib qo‘yiladi.

AQShlik mutaxassislar bu qaror asosan Pxenyanga "bir po‘pisa" hisoblanishini tan oldilar. Biroq Vashingtonda bu qadamning "amaliy ta'siri" ham bo‘lishiga ishonilmoqda.

Mavzuga oid
Top