11:31 / 11.07.2016
23936

Jahon tillari universiteti abituriyentlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn javob qaytarmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oliy o‘quv yurtiga hujjatlar qabul qilish jarayonida abituriyentlar hamda ommaviy axborot vositalarining axborot olish jarayonini osonlashtirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida savollarga onlayn tarzda javob qaytarishni yo‘lga qo‘ygan.

E'tiborga molik jihati, abituriyentlar va jurnalistlar bevosita murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan manzillar orasida O‘zDJTU rektorining Telegram tarmog‘idagi shaxsiy raqami ham mavjud.

Bundan tashqari, maxsus platformalar orqali topshiriladigan hujjatlar, qabul kvotalari universitet faoliyati, infratuzilmasi, yangiliklari bilan tanishish mumkin:
O‘zDJTU rektorining shaxsiy Telegram manzili - @UzSWLUrector
Rasmiy Telegram kanali - @UzSWLUofficial;
O‘zDJTU rasmiy Instagram sahifasi - uzswluofficial. 
Rasmiy facebook sahifasi - https://www.facebook.com/uzswlu.uz/

Eslatib o‘tamiz, qabul rejasiga muvofiq, 11 yo‘nalish hamda 7 fakultet bo‘yicha jami 1425 nafar omadli abituriyent Jahon tillari universiteti talabasiga aylanishi  mumkin. Bugungi kunda universitetda ingliz, nemis, fransuz, xitoy, ispan, rus, yapon tillari bilan birgalikda arab, malay, indonez, koreys, italyan, hind, fors va boshqa tillar ikkinchi til sifatida o‘qitiladi.

 

Top