06:50 / 12.07.2016
5619

Yangi virus Firefox brauzeri ko‘rinishida yashirinmoqda

Barkly Projects’ning axborot xavfsizligi tadqiqotchilari guruhi Firefox brauzeri yangilanmasi ostida yashirinuvchi yangi virusni aniqladi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Virus firibgarlik dasturlari va tovlamachi dasturlarni tarqatuvchi Kovter troyan viruslari guruhiga mansub. Virusning yangi varianti kompyuterga brauzerning yangilanmasi ko‘rinishida tushib, qonuniy sertifikatga ega va shu sababli antiviruslar unga ahamiyat bermaydi. Barkly ma'lumotlariga ko‘ra, antivirus kompaniyalari yangi Kovter’ni uni to‘sish uchun xavfli dasturlr ro‘yxatiga qo‘sha boshlashdi.

Mutaxassislar Firefox’ni chetki resurslardan yangilamaslikni va sozlanmalarda yangilanmalarning mavjudligini tekshirishni tavsiya qilishmoqda. Bundan tashqari, antivirus dasturining eng oxirgi versiyasini ishlatish tavsiya qilinmoqda.

Top