18:46 / 12.07.2016
4747

BMT: Janubiy Sudandagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda

Google image

BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi Janubiy Sudandagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tobora keskinlashayotganidan xavotir bildirib, tinch aholi vakillari va BMT xodimlariga hujum uyushtirish harbiy jinoyatlar sifatida baholanishidan ogohlantirdi. 

"Biz inson huquqlari va xavfsizlik sohasidagi vaziyat tez sur'atlarda izdan chiqayotganidan tashvish bildiramiz", - degan ushbu idoraning rasmiy vakilasi Sesil Puyi Jyenevadagi matbuot brifingida. Uning qayd etishicha, "keskinlashib borayotgan o‘zaro to‘qnashuvlarda 272 kishi, jumladan 33 nafar tinch aholi vakili hayotdan ko‘z yumgan".

Puyi shuningdek, BMTning Janubiy Sudandagi vakolatxonasidan boshpana topmoqchi bo‘lgan tinch aholi vakillariga qarata o‘t ochilgani borasida ham o‘z tashvishini izhor qilgan. 

Shu bilan birga, Puyining aytishicha, BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir va birinchi vitse-prezidenti Riyek Masharlarning o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ikkitomonlama qarorini olqishlaydi va tomonlarni mamlakat barqarorligi uchun o‘zaro kelishgan holda siyosat yuritishga chaqiradi. 


 

Mavzuga oid
Top