11:29 / 12.07.2016
11478

Chikago universiteti arxeologlari Surxondaryo viloyatining tarixiy joylariga tashrif buyurishdi

Foto: Review.uz

Iyul oyi boshida Chikago universitetining arxeolog olimlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Ular orasida Jil Jyeremi Steyn va Jyeyms Fuller bor. Ularning vazifasi viloyatda bundan keyingi qidiruv ishlarini olib borish uchun grantlar jalb qilishdan iborat bo‘ladi.

"Olimlarning maqsadi viloyatda uzoq muddatli qazilma ishlarini olib borish uchun grant jalb qilishdan iborat", deb xabar qiladi "O‘zbekturizm" MK axborot xizmati.

Qayd etish kerakki, Chikago universiteti ushbu sohada izlanishlar olib borishda dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi va uning ko‘pgina bitiruvchilari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Arxeologlar O‘zbekistondagi eng qadimiy maskan hisoblangan Sherobod tumanidagi Jarqo‘ton (mil.avv XV-X asr) shaharchasida bo‘lishdi. Bronza davri bo‘yicha mutaxassis, professor Jil Jyeremi Steyn hudud bo‘ylab sayohat qildi. Shuningdek, arxeologlar jamoasi Muzrobod tumanidagi Kuchuktepa (mil.avv X- V asr, temir davri boshlanishi), Eski Termiz shahri, arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universitetida bo‘lishdi.

Tashrif yakunida chikagolik olimlar va viloyat arxeologlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish, madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish, qazilma ishlarini olib borish va ularni o‘rganish bo‘yicha treninglar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Top