19:08 / 12.07.2016
4063

Kerri Rossiyaga safari davomida Putin bilan uchrashishi mumkin

Foto: © AFP

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14-15 iyul kunlari Rossiyaga safar uyushtiradi. Uchrashuv chog‘ida Kerrining Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, Kerrining Putin bilan uchrashish-uchrashmasligi aniq emas.

«Prezident Kerrini qabul qilishi mumkin. Bu masala ko‘rib chiqilmoqda, lekin hozircha hech narsa deya olmayman»,- deydi Peskov.

Biroz oldinroq, Putin va Obama telefon orqali gaplashishgan edi. Uchrashuv davomida o‘sha suhbatdagi gaplar tahlil qilinishi mumkin. Obama Rossiyaga Suriyadagi harbiy operatsiyalarda hamkorlik taklif qilgandi. Bu masala ham suhbat doirasida muhokama qilinishi kutilmoqda.

Top