09:32 / 12.07.2016
6858

Kovalev boks bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qildi

Foto: Tass

Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov 79,38 kggacha vazn toifasida uchta obro‘li xalqaro boks tashkilotlarining chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan 12-raundli boks kechasida malaviyalik Ayzek Chilembadan ochkolar bo‘yicha ustun keldi. 

Kovalyov Butunjahon boks tashkiloti (WBO) tasnifi bo‘yicha sakkizinchi marta, Butunjahon boks uyushmasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) tasniflari bo‘yicha 4-bor o‘z unvonini himoya qilgan. Sergey faoliyatining so‘nggi 5  yili davomida ilk marotaba Rossiya ringida jang o‘tkazgan.

Top