08:38 / 12.07.2016
12327

OAV: bokschi Kassius Kley ismi-sharifini rasman o‘zgartirmagan

Ko‘pchilikka Muhammad Ali nomi bilan yaxshi ma'lum afsonaviy bokschi Kassius Kley, rasman hech qachon o‘z ismi-sharifini o‘zgartirmagan, deb xabar qilmoqda USA Today gazetasi. 

Muhammad Ali shu yil 3 iyun kuni 74 yoshida Arizona shtati yaqinidagi Finiks shahri shifoxonasida hayot bilan vidolashgan edi. U, nafas olish organlaridagi muammo bilan kasalxonaga yetkazilgandi. Ali 32 yil mobaynida Parkinson xastaligidan aziyat chekdi. Bokschi 10-iyunda Kentukki shtatidagi  o‘zining tug‘ilgan shahri Luisvillda dafn etildi. 

Qayd etilishicha, jurnalistlar 1964 yili Islom dinini qabul qilib, o‘zini Muhammad Ali deb atay boshlagan bokschining ismi-sharifi o‘zgartirilganini tasdiqlaydigan huquqiy hujjatni topa olishmagan. 

"1964 yili ijtimoiy ta'minot boshqarmasi murojaatchining ismi-sharifi yoki uning o‘zgartirilganini rasman tasdiqlaydigan hujjat talab qilmagan. Ijtimoiy varaqadagi ism, uning egasining tasdiqlashi bilan qayd etilavergan", - degan boshqarma vakili Roksana Uilyamson.

Ali professional ringda 61ta jang o‘tkazib, 56tasida g‘alaba qozongan, 37tasida nokautga erishgan. Besh marotaba mag‘lubiyat alamini tortgan. 1999-yilda Ali "Asr sportchisi" deb tan olingan edi. 

Top