23:58 / 12.07.2016
16065

Olimlar mahluqqa o‘xshab ketuvchi orxideya turini topishdi

Foto: Marta Kolanowska

Olimlar yangi orxideya turini topishdi va unga Telipogon diabolicus deb nom berishdi. Uning yadro shakli mahluqni yodga solgani uchun orxideya bunday noodatiy nom oldi. Bu haqida Gdansk ( Polsha) universiteti xodimlari shifokor Marta Kolarovska va professor Dariush Shlaxetko hamda kolumbiyalik shifokor Ramiro Medina Trexo xabar berdi. Olimlar ishining natijalari PhytoKeys jurnalida chop etildi.

Kolumbiya boshqarmasining Putumayo va Narino chegarasida bu gul turining bor-yo‘g‘i 30 vakili topildi. Uning poya uzunligi 5,5–9 sm; asosining rangi to‘q binafsha-qizg‘ish bo‘lib, u xuddi mahluq boshiga o‘xshab ketadi. Barglari esa qizil va biroz qayrilgandir. Bu esa ularni boshqa orxideya turlaridan ajratib turadi. Telipogon diabolicus gulining yo‘qolib ketish xavfi bor va u Qizil kitobga kiritilgan. 

Kolumbiya o‘simliklar ro‘yxatida orxideyalarning 3600 turi qayd etilganiga qaramay, olimlar yana katta miqdorda bizga noma'lum bo‘lgan mazkur gullar turi mavjudligini ta'kidlashmoqda. Birgina 2015 yilda bu gullarning 20ta yangi turi kashf etilgan.

Top