06:48 / 13.07.2016
3584

Dog‘istonda avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashishida 7 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi

Dog‘istonda yo‘lovchi avtobusining "KamAz" yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. Huquq-tartibot muassasalaridagi manba bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi shifoxonada vafot etgan.   

Respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda hammasi bo‘lib 33 kishi bo‘lgan. Avtobus Anapadan Darbantga ketayotgan bo‘lgan.

Vazirlik saytida yo‘l to‘silmagani, yong‘in chiqmagani aytilgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Avvalroq 13 iyulga o‘tar kechasi Mahachqal'a — Astraxan trassasida Dog‘istonning Tarumov tumanidagi Talovka qishlog‘i yonida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani ma'lum qilingandi.

Top