17:47 / 13.07.2016
7119

eBay internet-do‘konida 454 kishining kalla suyagi sotildi

Foto: Sky.com

eBay internet-do‘konida yetti oy ichida 237 nafar sotuvchidan 454 kishining kalla suyagi savdoga qo‘yildi.  Suyaklar narxi - bir sentdan 5500 dollargacha. Bu haqida New Scientist saytida ma'lum qilingan

eBay ma'muriyati o‘z saytida inson kalla suyaklarining faol sotilishi haqida eshitib, inson a'zolari bilan savdo qilishni qat'iy taqiqladi. Avval bunday savdoga faqatgina “tibbiy maqsadlarda” ruxsat berilgandi.  Endilikda internet-do‘konda faqatgina inson sochlarini sotish mumkin bo‘ladi. 

Inson kalla suyaklarini asosan Kaliforniya aholisi sotuvga qo‘ygan, ikkinchi o‘rinda Missuri shtatida yashovchi kishilar bunday savdo bilan shug‘ullanishgan. Xabarlarga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan suyaklar Xitoy va Hindistondan yetkazilgan. Ular nafaqat arxeologik topilmalar, balki sud-tibbiyot ekspertizasining sub'yektlari ham bo‘lgan. 

Top