13:01 / 13.07.2016
27437

Fransiya prezidenti sartaroshining maoshi omma e'tiborini tortdi

REUTERS/Stephane Mahe

Fransiya davlat rahbari Fransua Ollandning sartaroshi oyiga qancha maosh olishini taxmin qila olasizmi? U davlat rahbarining oylik maoshidan salkam 5 ming yevro kam ish haqi oladi. Le Point nashrining yozishicha, Fransiyaning bosh sartaroshiga oyiga 9895 yevro maosh beriladi. 

Qayd etilishicha, 46 yoshli sartarosh Olive B. bilan mehnat shartnomasi 2012-yil mayida besh yil muddatga imzolangan. Unga ko‘ra, sartarosh har doim prezident xizmatiga shay bo‘lishi hamda xorijiy safarlarda unga hamrohlik qilishi kerak.  

Nashrning qayd etishicha, ushbu maosh Fransiya vazirlariga beriladigan oylik maosh - 9940,2 yevro bilan deyarli bir xil. Ta'kidlash kerak, Ollandning o‘zi 2016 yilda maoshini 30 foizga qisqartirib, 14 999,78 yevrogacha tushirgan edi. 
 

Top