21:30 / 13.07.2016
4929

Mett Deymon «Atletiko» muxlisiga aylandi

Taniqli amerikalik aktyor Mett Deymon Jyeyson Born haqidagi navbatdagi filmni suratga olish uchun Ispaniyada bo‘lib turibdi. Ispaniyaga safari chog‘ida aktyor «Atletiko» klubi mehmoni bo‘ldi.

«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso va futbolchi Filipe Luis Deymonga «Atletiko» futbolkasini sovg‘a qilishdi. Endi aktyor klubning mashhur muxlislaridan biriga aylandi.

Mett Deymon 1998 yilda «Uil Xanting» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Manba: Tribuna.uz

Top