21:23 / 13.07.2016
11347

Neymar: Messini «Barselona»ning kiyim almashtirish xonasida ilk bor ko‘rganimda qo‘rqib ketgandim

«Barselona» hujumchisi Neymar o‘zining kataloniyaliklar safidagi ilk kunlari noqulay kechganini esladi. U yangi jamoasidagi ilk o‘yini arafasida kiyim almashtirish xonasidagi Messini ko‘rib qo‘rqqanini tan olgan.

«Messini va «Barselona»ning boshqa yulduzlarini jamoadagi ilk o‘yinimda maydonga chiqishdan oldin kiyim almashtirish xonasida ko‘rib qo‘rqib ketganman. Kiyim almashtirish xonasiga kirganimda, u yerda Messi, Xavi, Inesta, Pike hamda Alves bor edi. Ularning barchasi mening kumirlarim edi. Men xuddi kompyuter o‘yiniga tushib qolgandek edim. Avvaliga oson bo‘lmagandi. Alves menga klubga moslashishda va qayerda ekanligimni anglab yetishimda katta yordam ko‘rsatgan. Biz u bilan ko‘p vaqtni birga o‘tkazar edik», deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Manba: Tribuna.uz

Top