14:07 / 13.07.2016
4532

Nyu-Yorkda "manxettenxenj" ko‘rinishi

Kuni kecha Nyu-York aholisi noyob va qiziqarli hodisa - manxettenxenjning guvohi bo‘ldi. Quyosh botayotganda (yoki chiqayotgandagi) uning nurlari shahar osmono‘par binolari orasidan o‘tadigan ko‘rinish shunday nomlanadi. Bunda 29 darajali burchak ostida kesishgan avenyularda va xoch ko‘chalarda Quyoshni kuzatish mumkin bo‘ladi. Manxettenxenjni yilda bir necha marotabagina belgilangan bir vaqtda ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi. Quyoshning botayotgan nurlaridan 29 may hamda 11 yoki 12 iyulda bahra olinadi. Quyoshning chiqishida ham bunday hodisa yilda ikki marta sodir bo‘ladi - 5 dekabr va 8 yanvar. 

"Manxettenxenj" atamasi mazkur hodisaga yaqindagina berildi, u "stounxenj" (Uiltshir grafligidagi megalitik tuzilmalar) so‘zidan kelib chiqadi.

\

Top