19:47 / 13.07.2016
6496

Hollivud aktyori Tom Xenksning onasi vafot etdi

Amerikalik aktyor Tom Xenksning onasi vafot etdi. Janet Merilin Fragerning o‘limi haqida aktyor instagramdagi o‘z sahifasida e'lon qilgan.

«Bu xushro‘y ayol, mening onam», – deb yozadi ikki bor “Oskar” mukofoti sohibi onasining eski surati ostida qoldirgan izohida. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, onasi ko‘p odamlar hayotida muhim rol o‘ynab kelgan.
Aktyorning turmush o‘rtog‘i Rita Uilson o‘z instagramida «bu latofatli ayol turmush o‘rtog‘im va yana uch nafar farzandni dunyoga keltirgan». «Mening muhabbatimni dunyoga keltirgani uchun unga tashakkur», – deb qo‘shimcha qiladi Uilson.

Xenksning ota-onasi 1960 ajrashishadi. Aktyorning otasi Eymos Mefford Xenks 1992 yilda vafot etgan edi.

Top