21:28 / 13.07.2016
9843

Rossiyaning tashqi qarzi 521 milliard dollardan oshib ketdi

Ortda qolgan yarim yil davomida Rossiyaning tashqi qarzi 0,6 foizga oshdi va ayni vaqtda 521,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Rossiya bankiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

2016 yil boshida Rossiyaning davlat qarzi 518 milliarddan ko‘p bo‘lgan. Odatda bu ko‘rsatkich tushishi kerak, lekin Rossiya g‘arbning sanksiyalari sabab iqtisodiy yo‘qotishlarga uchramoqda. Qarzning katta ulushi xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.

Top