12:16 / 13.07.2016
4936

Toshkentda xalqaro aholishunoslik kuniga bag‘ishlab marafon o‘tkazildi

Toshkentning Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda marafon o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Xalqaro aholishunoslik kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan mazkur musobaqada xotin-qizlar qo‘mitasi faollari, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, uy bekalari, o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

– Prezident Islom Karimov onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga doimiy e'tibor ko‘rsatmoqda, – deydi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Miyeko Yabuta. – Bu borada bir qator dasturlarning hayotga joriy etilayotgani ana shu g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. Tashkilotimiz O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, erta nikohlarning oldini olish, mahalla maslahatchilarining sog‘lom turmush targ‘ibotiga oid malakasini yuksaltirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Marafonda ishtirokchilar 1,5 kilometr masofaga yugurdi. Bolalar ishtirokida shashka musobaqasi, "Yoz o‘tmoqda soz" mavzuida asfaltga rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazildi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Top