22:11 / 14.07.2016
7521

Aktyor Jan-Pol Belmondo Venetsiya kinofestivalining faxriy "Oltin sher"iga loyiq deb topildi

Foto: EPA

Fransiyalik mashhur aktyor Jan-Pol Belmondo Venetsiya kinofestivalining faxriy "Avliyo Mark oltin sher"iga loyiq deb topildi. Bu haqda kinofestival direksiyasida va kinofestivalning badiiy rahbari Alberto Barbera ma'lum qildi. 

83 yoshli Belmondo o‘zining ijodini "Yangi to‘lqin" filmida boshlagan. U keng ommaga "Riolik odam" (l’Homme de Rio, 1964) "Merosxo‘r" (L’Hritier, 1973) , "Professional" (Le Professionnel, 1981), "Yolg‘iz" (Le Solitaire, 1987) filmlari orqali tanilgan.

"O‘ziga tortuvchi tashqi qiyofa, tarovat, iste'dod Belmondoga ham dramatik, ham komedik rollarni birdek yaxshi o‘ynay olishiga imkon berdi va bu uni dunyo tan olgan yulduzga aylantirdi", deb aytdi Barbera.

Belmondo bilan birga kinematografga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan bu unvonga polyak rejissyori Yeji Skolimovskiy ham loyiq deb topildi.

Unvonlarni egalariga berish marosimi 31 avgustdan 10 sentabrgacha o‘tadigan festival vaqtida bo‘lib o‘tadi.

Top