11:09 / 14.07.2016
5437

Yevropa grandlari braziliyalik yosh futbolchi uchun kurash olib bormoqda

«Yuventus» Braziliyaning «Santos» klubi futbolchisi Gabriel Barboza uchun kurashga qo‘shildi. Bu futbolchi uchun shuningdek, «PSJ», «Arsenal», Dortmundning «Borussiya» va Florentsiyaning «Fiorentina» jamoalari talabgor bo‘lib turibdi.

Gianlucadimarzio.com ma'lumotiga ko‘ra, dushanba kuni turinliklar jamoasi vakillari «Santos» va 19 yoshli futbolchining agenti bilan muzokara o‘tkazgan.

«Yuventus» Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun 18 million yevro taklif qilgan.

Bundan oldinroq, «Santos» Gabriel uchun 40 million yevro talab qilayotgani xabar qilingandi.

Ushbu futbolchi Braziliya chempionatining ortda qolgan 9 turida 4 gol urdi va bir marta golli pas muallifi bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Top