09:26 / 14.07.2016
5004

Obama AQSh politsiyasiga nisbatan salbiy qarash mavjudligini tan oldi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, Minnesota va Luiziana shtatlaridagi voqealardan so‘ng, mamlakat politsiyasi va Amerika xalqi o‘rtasidagi ishonchni tiklash uchun birmuncha vaqt talab etiladi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi. 

«O‘zgarishlar bir tomon uchun juda tez, boshqalar uchun sekin amalga oshirilayotgandek tuyulishi aniq. Afsuski, mamlakatimiz ulkan va turli xalq va elatlardan iborat ekan, tan olish kerak, politsiya va aholi o‘rtasidagi keskinlikka shu oy, kelasi oy va balki kelasi yilda, uzoq vaqt mobaynida guvohi bo‘lishimiz mumkin», — degan Amerika yetakchisi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh hukumati «mavjud muammolarni ijobiy hal etishi lozim».

Eslatib o‘tamiz, politsiya xodimlari Luiziana shtati Baton-Ruj shahrida va Minnesota shtatida qoratanli kishilarni otib o‘ldirgani norozilik namoyishlarining keskin tusda avj olishiga sabab bo‘ldi. 

Top