08:55 / 14.07.2016
5068

Riodagi Olimpiya o‘yinlariga 70 foizdan ko‘proq chipta sotib bo‘lindi

"Rio-2016" musobaqalari tashkiliy qo‘mitasi Agence France-Presse axborot agentligiga Rio-de-Janeyroda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga 70 foizdan ko‘proq chipta sotib bo‘linganini ma'lum qildi.  

Rio-de-Janeyroda chiptalarni sotish punktlari 20 iyunda ochilgandi. Bungacha braziliyaliklar Olimpiadaga chiptalarni musobaqalar tashkilotchilarining rasmiy saytidan xarid qila olishgan, bunda chiptalar faqat Braziliya fuqarolariga taqdim qilingan. Chiptaxonalarda esa chiptalarni fuqaroligidan qat'i nazar istagan kishi sotib olishi mumkin. Xorijliklarga chiptalarni sotish esa ularning davlatlari milliy olimpiya qo‘mitalari tomonidan sotish huquqi berilgan vakolatli vositachi kompaniyalar orqali tashkil qilingan. 

Ayni vaqtda chiptalar sotilishi belgilangan rejadan oldinda bormoqda. Tashkiliy qo‘mita vakilining aytishicha, 70 foizdan ko‘proq chipta sotib bo‘lingan va qolgan kunlar ichida yana 1,7 mln chipta sotilishi kerak.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va bu Janubiy Amerikada o‘tkaziladigan birinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi.

Top