17:16 / 14.07.2016
6927

Turkiya AQShda qochib yurgan muxolifat yetakchisini olib kelmoqchi

Foto: RIA

Anqara prokuraturasi 14-iyul kuni AQSh adliya vazirligiga, Turkiya rasmiy hukumatiga muxolifatdagi islom rahnomasi Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasini so‘rab, so‘rovnoma yuborgan. U, Turkiyada terrorchilik tashkiloti tashkil etish va qonuniy hokimiyatni ag‘darishga uringanlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda Sabah nashri.

Gazetaning Turkiya prokuraturasidagi manbasiga ko‘ra, so‘rovda Amerikaning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Gulenning manzili ham ko‘rsatilgan. 

Rasmiy Anqara, Gulen tarafdorlarining Turkiyadagi faoliyatini  "davlat ichidagi davlat"ga qiyoslaydi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning fikricha, Gulen qonuniy turk hokimiyatini ag‘darishga urinib keladi. 

Erdo‘g‘an o‘zining xulosasiga, 2013-yilgi norozilik namoyishlari, Turkiya rahbarlarining telefon orqali muloqotlarining tinglanishi hamda 2013-yil dekabr oyidagi korrupsiyaga qarshi kampaniya natijalarini asos qilib ko‘rsatadi. 
 

Top