19:12 / 14.07.2016
9175

O‘zDJTUda boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining forum tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamkorligida «Boshlang‘ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish» mavzuida boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining forumi tashkil etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Yangi davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturi asosida 1-2-sinflar uchun darslik majmualari – darslik, o‘qituvchi kitobi, mashq daftari va DVD disk yaratilib chop etildi va o‘quvchilarga bepul yetkazildi. 3-4-sinflar uchun chet tillari darslik majmualari tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.                     

Boshlang‘ich sinflarda chet tillarini o‘qitish uchun 17 ming 222 chet tili xonasi tayyorlanib, ularning barchasi DVD, o‘quv-ko‘rgazmali qurollar, lug‘at va adabiyotlar bilan ta'minlandi. O‘tgan yillarda boshlang‘ich sinflarga kompyuter, proyektor jihozlari va 5-9-sinflar uchun xorijiy tillarni o‘rganishga oid materiallar yetkazilgan bo‘lsa, bu yil to‘qqiz mingdan ziyod chet tili xonasi texnik vositalar va jihozlar bilan ta'minlanadi. 

Yig‘ilishda chet tili o‘qituvchilarining bu boradagi malakasini oshirish, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, maktabda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Ushbu masalalarning ilmiy-amaliy yechimlariga bag‘ishlangan ma'ruzalar tinglandi. Chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Top