21:39 / 15.07.2016
4237

Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ukraina futboli afsonasi Andrey Shevchenko mamlakat terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Ukraina futbol federatsiyasining nabatdagi yig‘ilishida e'lon qilindi.

2004 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan Sheva 2016 yilgi Yevropa chempionati davomida Mixail Fomenkoning yordamchisi bo‘lib ishlagan edi. U hech qayerda bosh murabbiy bo‘lmagan.

 

 

Top