14:51 / 15.07.2016
4611

Ispaniya Fransiya bilan chegarasi nazoratini kuchaytirdi

Foto: AP

Ispaniya hukumati Nitstsadagi fojiadan so‘ng, Fransiya bilan chegaralarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, deb ma'lum qilgan Qirollik IIV lavozimini bajaruvchi Xorxe Fernandes Dias LaSexta telekanaliga bergan intervyusida. 

"Mazkur xuruj ortida IShID turgani ehtimoli katta", - degan IIV v.b. ushbu ma'lumotning tasdiqlanishi lozimligini qo‘shimcha qilar ekan. Bundan tashqari, Fernandes Diasning aytishicha, Fransiya bilan chegaralarni "mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan". 

Shu bilan birga, ichki ishlar vazirligi Qirollikdagi favqulodda xatar darajasini eng yuqori darajaga chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi. Hozirda, Ispaniyada Fransiyadagi voqealardan so‘ng, xavfning to‘rtinchi darajasi e'lon qilingan. 

Mavzuga oid
Top