12:28 / 15.07.2016
3155

«Latsio»ning 5000 fanati klub prezidentiga qarshi namoyish uyushtirdi

«Latsio» muxlislari jamoa prezidenti Klaudio Lotitoga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi.

Football Italia nashri xabariga ko‘ra, namoyishda 5000 nafar atrofidagi muxlis ishtirok etgan.

Qayd etish kerakki, rimliklar jamoasi bilan bir necha bor mojaro yuzaga keldi. Marselo Belsa bosh murabbiylikka tayinlanganidan 2 kun o‘tib, rahbariyat kelishilgan shartlarni bajarmagani uchun shartnoma imzolashni istamadi.

Shuningdek mavjud tushunmovchiliklar tufayli Felipe Anderson va Balde Keyta «Latsio» bazasiga qaytmagan va mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.

Manba: Tribuna.uz

Top