11:02 / 15.07.2016
11786

OAV: AQSh 11 sentabrga oid maxfiylashtirilgan ma'lumotlarni oshkor etishi mumkin

AQSh Kongressi, yaqin kunlarda 2001-yil 11-sentabr voqealariga doir bundan avval e'lon qilmagan ma'lumotlarni oshkor qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda CNN telekompaniyasi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, " uzoq vaqtlar sir saqlangan hujjatlarda Saudiya Arabistoni rahbariyatining 11-sentabrda samolyotlarni egallab olgan terrorchilar bilan aloqasiga oydinlik kiritilgan bo‘lib, u 15-iyuldayoq Kongress tomonidan e'lon qilinishi mumkin". Bundan avval, ayrim rasmiyatchiliklarni amalga oshirish zarur.

Ushbu ma'lumotlarning oshkor etilishi bilan bog‘liq ehtimollar, AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushirgan edi. Shunga ko‘ra, ayrim OAVlarining xabarlariga qaraganda, hujjatlarda “Al-Qoida”ning podshohlik bilan aloqalariga oid ma'lumotlar bo‘lishi aniq. 

Biroq, AQSh razvedkasi (MRB) boshlig‘i Jon Brennan, 28 sahifadan iborat hujjatlar to‘plamini e'lon qilish maqsadga nomuvofiqligini, chunki unda keyinchalik boshqa axborotlar bilan rad etilgan noto‘g‘ri ma'lumotlar mavjudligini ta'kidlab keladi. 

Top