15:50 / 15.07.2016
6215

OAV: Nitstsa teraktini sodir etgan terrorchi avval sudlangan

Fransiyaning Nitstsa shahrida qo‘poruvchilik sodir etgan jinoyatchi, shu yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan mahkama jarayonida zo‘ravonlikda aybdor deb topilgan. Nitstsa fojyeasida, kamida 84 kishi hayotdan ko‘z yumgan, deb yozmoqda Le Figaro nashri politsiya mahkamasidagi manbalariga tayangan holda. 

Xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli asli tunislik Fransiya fuqarosi bir necha jinoiy ishlar bo‘yicha yaxshi tanish bo‘lgan, ammo razvedka xizmatida hisobda turmagan. 

Avval xabar qilinganidek, terrorchi boshqargan yuk mashinasi bir necha kun muqaddam ijaraga olingan. 

14-iyul kuni kechqurun Bastiliya fathini nishonlayotgan odamlar to‘dasiga yuk mashinasi kelib urilgan. Kamida 84 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Terrorchi voqea joyida otib o‘ldirilgan. 

Top