17:34 / 15.07.2016
11735

Tilla ko‘ylak sohibi o‘z o‘g‘lining ko‘z o‘ngida kaltaklandi

Foto: YouTube

“Tilla kishi” nomini olgan Datta Fyuj 14 iyul kuni o‘z o‘g‘lining ko‘z oldida o‘lasi qilib kaltaklandi. Bu haqida Emirates 24/7 nashri ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 48 yoshli ishbilarmon Punada (Hindiston) o‘nlab kishilar tomonidan o‘roq va toshlar bilan kaltaklangan.

Uning 22 yoshli o‘g‘liga bezorilar ziyon yetkazishmagan. 

Ota va o‘g‘il gumon qilinayotganlardan birining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram tantanasiga taklif qilingan.

Fyuj 2012 yilda bahosi 1,27 rupiy bo‘lgan 3,5 kilogramm og‘irlikdagi 22 karatli oltin ko‘ylakni namoyish qilganidan so‘ng keng ommaga tanilgan edi. 

Top