20:55 / 15.07.2016
4609

Jon Kennedi rafiqasining kabrioleti auksionda sotuvga qo‘yiladi

AQShdagi Mecum auksion uyi 1961 yilda ishlab chiqarilgan va bir vaqtlar AQSh prezidenti Jon Kennedi rafiqasi – Jaklin Kennediga tegishli bo‘lgan Lincoln Continental kabrioletini sotuvga qo‘yadi.

To‘rt eshikli kabriolet Ford konserni tomonidan Kennedi prezidentligi davrida hukumat avtoparki uchun maxsus yaratilgan. Avtomobilni Kennedi ixtiyorida bir necha "Kontinental"lar bo‘lgani uchun uning rafiqasiga berishga qaror qilingan. 

Kabriolet 300 ot kuchiga ega 7 litrli V8 dvigateli va 3 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, rul  va tormoz boshqaruvi kuchaytirgichi, kruiz kontrol va elektr oyna ko‘targichlar bilan bilan jihozlangan.

Hukumat avtomobilni hisobdan chiqargandan keyin u Merilend shtati, Lanxem shahridagi Styuart Ford dilerlik markazi tomonidan sotib olingan. Bir necha yil avval mashina to‘liq restavratsiya qilingan.

Mashina qo‘yiladigan auksion Kaliforniyadagi Monterey shahrida avgustda bo‘lib o‘tadi. Mashinaning dastlabki narxi hozircha ko‘rsatilmagan.

Top