08:35 / 16.07.2016
4938

BMT: Mosuldagi operatsiya yilning eng yirik gumanitar inqirozini keltirib chiqarishi mumkin

Foto: AFP

Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi 2016 yildagi eng yirik gumanitar inqiroziga olib keladi, deb aytdi BMTning Iroq bo‘yicha maxsus vakili Yan Kubish. 

Kubish BMT Xavfsizlik kengashidagi nutqida gumanitar agentliklarga Iroqdagi joriy favqulodda gumanitar muammolarga javob berish uchun ko‘proq mablag‘ zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, mablag‘lar Mosulni ozod qilish bo‘yicha kampaniya vaqtida oshadigan chaqiriqlarning oldini olish uchun kerak bo‘ladi, "bu yerda gumanitar sa'y-harakatlar 1 mlrd dollarga aylanishi mumkin".

Iroqda mamlakatning bir qismini egallab olgan IShID terrorchilik guruhining faoliyati bilan bog‘liq holda keskin vaziyat saqlanib qolinmoqda. Jangarilar hujumlar va teraktlar uyushtirmoqda, ularning qurbonlari ko‘pincha tinch aholi bo‘lmoqda.

Mosul Iroqning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lib, uning aholisi 500 mingdan oshadi. IShIDning Iroqdagi poytaxti hisoblanadigan Mosul 2014 yil yozidan beri jangarilar nazoratida qolmoqda. Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyada peshmerg kurd otryadlari, Iroq armiyasi va "Al-Hashd ash-Sha'bi" shia otryadlari ishtirok etmoqda. Harbiylar shaharni ozod qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar.  

Kubishning aytishicha, 2014 yilda Iroqda IShIDning avj olishi boshidan 3,4 mln odam majburiy ichki ko‘chirilgan shaxslar bo‘lgan. Umumiy hisobda, mamlakatda 10 mln dan ko‘proq odam turli xildagi gumanitar ko‘makka muhtoj. Iroqqa 2016 yilda gumanitar yordam ko‘rsatish rejasida 860 mln dollar yig‘ish taxmin qilingandi. "Bugungi kunda bu reja 38 foizga moliyalashtirilgan", deb ma'lum qildi Kubish.

Top