22:49 / 16.07.2016
7638

Tarkibida Igor Sergeyev to‘p surgan “Beyjing Guoan” o‘tkazgan uchrashuvida zafar quchdi

16 iyul kuni Xitoy Superligasining 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Pekinning “Beyjing Guoan” jamoasi “Xebey Chayna Forchun” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Pekin jamoasi o‘z raqibini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “Beyjing Guoan” klubi tarkibida o‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi – Igor Sergeyev va Yegor Krimetslar to‘p suradi. Uchrashuvda Yegor maydonga tushmadi, Sergeyev esa maydonda 74 daqiqa harakat qildi.

G‘alabadan so‘ng, “Beyjing Guoan” 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Top