02:51 / 16.07.2016
7706

Turk harbiylari to‘ntarishdan so‘ng mamlakatlar bilan aloqalar uzilmasligini bayon qildi

Turk harbiylari mamlakatda to‘ntarishdan so‘ng xalqaro aloqalar avvalgidek qolishi haqida ma'lum qilishdi.

"Turk qurolli kuchlari konstitutsion tuzum, demokratiya, inson huquq va erkinliklarining qayta ta'min va ta'sis etilishi, mamlakatda qonun ustivorligi qayta amal qilishi, buzilgan tinchlik tartibining qayta joriy etilishi maqsadi bilan davlat boshqaruvini to‘laligicha o‘z qo‘liga oldi", deyildi TRT efirida.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri mamlakatda bir guruh harbiylar tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘lganligini ma'lum qilgan edi.

Turk politsiyasi Istanbuldagi Bosfor ko‘prigining har ikki tomondan harakatini to‘xtatib qo‘ygan. Anqara markazida joylashgan Turkiya bosh shtabi oldida otishmalar eshitilgan va bosh shtab rahbari Xulusi Akar asir olingan.

Top