07:19 / 16.07.2016
7051

Turkiyalik harbiylar CNN Turkey telekanali binosini egallab oldi

Turkiyada harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan harbiylar Anqarada CNN Turkey telekanali joylashgan binoni egallab oldi. Natijada telekanal orqali xabarlar uzatilishi to‘xtab qoldi.

"Davlat to‘ntarishi amalga oshirgan harbiylar ayni vaqtda CNN Turk telekanali faoliyatini to‘xtatib qo‘yishdi", deyilgan telekanal saytida.

Shuningdek, harbiylar Dogan mediamarkazi binosini ham egallab olishgan.

Top