00:03 / 17.07.2016
11791

Erdo‘g‘an Obamani Gulenni topshirishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Barak Obamaga Turkiyaga AQShda yashaydigan muxolif islom imomi Fathulla Gulenni topshirish chaqirig‘i bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Turkiya hukumati mamlakatda 15 iyulda sodir etilmoqchi bo‘lgan davlat to‘ntaruvi ortida Gulen izdoshlari turgan deb hisoblamoqda.

Gulen davlat to‘ntaruviga urinishdagi roli bo‘yicha unga bildirilgan ayblovlarni rad etgan.

Mavzuga oid
Top